Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yig’ilishda Vazirlikning 2018 yil   29 sentyabrdagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda №3069 qayd raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) 19­-2018-son buyrug’i joriy etish to’g’risida”gi 820-sonli buyrug’i, 2018 yil   10 oktyabrdagi Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 8 oktyabrda №3076 qayd raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) 20-2018-son buyrug’ini joriy etish to’g’risida”gi 850-sonli buyrug’i hamda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 10 oktyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash to’g’risida” qarorini ijrosini ta’minlashga oid 2018 yil   13 oktyabrdagi 857-buyruqlari mazmun mohiyati yig’ilish qatnashchilariga tanishtirib o’tildi.

 Bundan tashqari Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasining 2018 yil 05 oktyabrdagi 88-02-44459 –sonli xatidan kelib chiqib magistratura talabalaridan test sinovlari olinishi munosabati bilan tayyorgarlikning borishi, Vazirlikning 2018 yil 30 oktyabrdagi 87-02-3147 –sonli xatidan kelib chiqib Pokiston Islom respublikasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilish ishlarining borishi, 2019 yil uchun institut rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasini bajarilishi, Yo’nalishlar kesimida 2019/2020 o’quv yili uchun qabul kvotasininng shakllanilishi holati ko’rib chiqildi.

Yig’ilish so’ngida 2018/2019 o’quv yilidan mazkur qoidalar asosida professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejalarini shakllantirish va qoidalarni o’quv jarayonida qo’llash bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga, ushbu masalalar bo’yicha Ilmiy kengash qarori loyihasini  tayyorlash   O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonovga, 2018/2019 o’quv yilidan mazkur qoidalar o’quv jarayonida qo’llanlishini nazorat qilish bo’yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi mutaxassisi N.Olimovaga, Monitoringini yurgizish bo’yicha  Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirovga  konkret topshiriqlar berildi.

Yig’ilishda institut prorektorlari, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi mutaxassisi N.Olimova, barcha dekanlar, dekanlarning o’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, kafedra mudirlari qatnashdi.