Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
Avval xabar berilganidek, Yaponiyadagi Osiyo-tinch okeani Ritsumeykan Universiteti“Xorijiy talabalar bilan ishlash» bo’limi mutaxassislari Yoshitomi Saori hamda Daniel Smaylilar institutimizga tashrif buyurgan edi.

Andijon mashinasozlik instituti rahbariyati bilan ko’p tomonlama muzokaralardan so’ng mehmonlar «Mashinasozlik» fakultetida joylashgan «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi faoliyati bilan ham tanishdilar.

Mehmonlarni «NAT-TEST» markazi koordinatori A.Ermatov kutib oldi.

111
2222
Yoshitomi Saori va Daniel Smayli markaz faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda tashkil etilgan shart-sharoitlar, yapon tilidan test imtihonlarini topshiruvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar va imtihon jarayonlarida shaffoflikni ta`minlash uchun foydalaniladigan texnologiyalar o’rnatilganligi diqqatga sazovor ekanligini ta`kidlab o’tdilar hamda markaz faoliyatiga yuksak baho berdilar. Uchrashuv davomida mazkur markaz bilan ham kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi