Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

«Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi » kafedrasi mudiri Xaydarova Xilolaxon Raimberdiyevnani tug’ilgan kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti rektori, institut Xotin-qizlar qo’mitasi va butun jamoa nomidan chin ko’ngildan tabriklaydilar.

Dunyoda borsizki aziz insonim,

Olamni shodlikka to’ldirib yashang.

Siz bilan hamsuhbat bo’lgan har dilni,

CHehrasin quvonchga to’ldirib yashang.

Xilolaxon sizga oilaviy tinchlik xotirjamlik, ishlaringizda omad va yutuqlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Dunyoning beshigi bu sensan AYOL !

Sen mo’’tabar ona, mehri yagona.

Sen opam, singlimsan, go’zal durdona.

Sen gulday noziksan ma’suma hayol,

Dunyoning beshigi bu sensan AYOL !

 

Sensiz tongim otmas, yorishmaydi kun.

Farzanding sensiz gar qoladi dilxun.

Sen bilan yashnaydi bilsang daxri dun,

Asli baxt eshigi bu sensan AYOL !

 

Quvonchdan quvnaysan bag’rimga bossam,

Jimgina yig’laysan diling og’ritsam,

Dunyoning tashvishin yelkanga ossam,

Qirq joni ormug’on bu sensan AYOL !

 

Qalbimning chirog’i, yonar nurisan,

YUragim malhami, o’chmas qo’risan,

Sen jannatdan kelgan malak, parisan,

Ha o’sha farishta bu sensan AYOL !