Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   

YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi nomidan o’z xurmatimizni izxor etamiz.

Ma’lumingizkim, 2008 yildan boshlab har ikki yilda YUNESKO va Eyrbas (Airbus) kompaniyasi aviasozlik muxandisligi soxasida talabalar o’rtasida tanlov o’tkazadi. Bugungi kunga qadar maxsus tanlovda 100 ta davlatning 650 dan ortiq oliygoxlaridan 20 000 ga yaqin talaba qatnashmoqda. Mukofot miqdori jami 45 000 yevrodan iborat bo’lgan tanlovning asosiy maqsadi – aviasozlik soxasida muxandislik, marketing va dizayn falsafasi bo’yicha talabalarning innovatsion tadqiqotlarini qo’llab-quvvatlashdir.

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun talablar guruxi (3-5 nafardan iborat bo’lgan bakalavr/magistratura talabalari yoki yosh ilmiy tadqiqotchilar) joriy yilning 16 noyabr kuniga qadar https://www.airbus-fyi.com veb-saxifasi orqali ro’yxatdan o’tishi lozim. 2019 yilning may-iyun oylarida tanlov g’oliblari e’lon qilinadi.

SHu munosabat bilan, yuqorida qayd etilgan YUNESKO/Eyrbas tanlovida, davlatimiz oliygoxlaridan talabalar guruxlari ishtirok etishini taklif etamiz.