Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Andijon mashinasozlik instituti xorijiy davlatlar oliygoxlari bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqda. Joriy yilning 7-noyabr kuni  “Education USA” dasturi doirasida institutga Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi xodimlari tashrif buyurib   institut talaba-yoshlari o’rtasida uchrashuvlar tashkil etib AQSH dagi bir qator nufuzli oliy o’quv yurtlari va ularda ta’lim olish uchun zarur ma’lumotlar haqida yoshlarni boxabar etgan edilar.

 

     2018-yilning 8-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti yana bir xorijiy oliygoh vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida muzokara olib bordi. Bu safar institutga Osiyo-tinch okeani Ritsumeykan Universiteti vakillari, Universitetning “Xorijiy talabalar bilan ishlash bo’limi” mutaxassislari Yoshitomi Saori hamda Daniel Smaylilar tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori U.R.Salomov iliq kutib oldi va dastlab mehmonlarga o’zaro xurmat belgisi sifatida sovg’alar topshirdi. Shundan  so’ng maqsadli muzokaralar boshlandi. Muzokara davomida institut rektori mehmonlarni Andijon mashinasozlik institutidagi mavjud fakultet va yo’nalishlar, institutning markaziy osiyodagi nufuzi, institutda fan va ta’lim sohasida  olib borilayotgan islohotlar, institut va chet davlat oliygohlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar hamda shular asosida amalga oshirilgan salmoqli ishlar bilan tanishtirib o’tdi.

Tashrif davomida mehmonlar hamda institut talaba –yoshlari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida Osiyo-tinch okeani Ritsumeykan universitetining “Xorijiy talabalar bilan ishlash bo’limi” xodimlari Yoshitomi Saori  va Daniel Smayli tomonidan talabalarga Yaponiyadagi nufuzli oliy o’quv yurtlari va ulardagi ta’lim tizimi, talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, talabalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqasadida yo’lga qo’yilgan loyihalar aks ettirilgan video-rolik hamda taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar talabalar bilan erkin muloqotga kirishdilar va berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Otabek Odilov 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi