Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’sib kelayotgan yosh avlodni yurt ravnaqida daxldorlik xissi bilan yashashga undash va hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan muntazam boxabar etib borish, jarayonlarda bevosita ularning ham ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o’zlari uchun biriktirilgan hududlardagi kollej va litseylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazib boriladi. Andijon ashinasozlik instituti ham bu borada samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

     2018 yil 9 noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi akademik litseyida institutning Mashinasozlik fakulteti “Er-usti transport tizimlari” kafedrasining katta o’qituvchilari U.Xolmatov, D.Rasulov, assistentlar Sh.To’raev va D.O’rinovlar tomonidan litsey talabalari o’rtasida “Yo’l harakati qoidalari” mavzusida davra suxbati va viktorina tanlovi o’tkazildi.

     Tanlovda D.Rasulov tomonidan yo’l belgilari bo’yicha litsey talabalariga zarur tushunchalar berilgan bo’lsa, kafedra katta o’qituvchisi U.Xolmatov tomonidan hozirgi kunda eng dolzarb masala bo’lib kelayotgan harakat xavfsizligi, yo’l transport hodisalarining salbiy oqibatlari bo’yicha qisqacha ma’lumot berildi.

     Bundan tashqari litseyning bir guruh talabalariga institut professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan viktorina savollari berildi va talabalar tomonidan savollarga javoblar olindi

     Shuningdek, viktorinada faol ishtirok etgan talaba-o’quvchilar institut tomonidan “Yo’l harakati qoidalari” va “Siz yo’l harakati qoidasini bilasizmi?” nomli kitoblar bilan rag’batlantirildi.

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi