Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Buyuk Britaniyaning Kembridj Universiteti qoshidagi Tizimli Ta’lim Instituti 2019 yilning 7 iyulidan – 17 avgustiga qadar davom etadigan Xalqaro yozgi ta’lim dasturlariga qabul e’lon qiladi.

Dastur maqsadi – xar xil soxalar bo’yicha ta’lim kurslari va ma’ruzalarni tashkil qilish. Turli mavzularda 200 dan ortiq o’quv kurslari tashkil qilish. O’quv kurslari va ma’ruzalar Kembridj Universiteti professor-o’qituvchilari va boshqa davlat Oliy Ta’lim Muassasalari xodimlari tomonidan olib boriladi.

Dasturda bakalavr, magistratura talabalari xamda 18 yoshdan yuqori bo’lgan yuqorida ko’rsatilgan talablar bo’yicha o’qishni istovchilar qatnashishlari mumkin. Dasturda ishtirok etmoqchi bo’lganlar IELTS (6.5-7 ball) sertifikatiga ega bo’lishlari shart.

Tanlab olingan nomzodlar yashash uchun Universitetning quyidagi Kollejlaridan birini tanlashlari mumkin: Gonville & Caius College,  Newnham College, Queens’ College, Selwyn College va St. Catharine’s College.

2019 yili, yangi, 16-18 yoshlilar uchun ma’ruza va o’quv mashg’ulotlari o’tkaziladigan “Universitetgacha ta’lim” dasturlari xam yo’lga qo’yilishi rejalashtirilmoqda.

YUqoridagi o’quv dasturlarida ishtirok etishni xoxlovchilar shu yilning 1 dekabridan (“Universitetgacha ta’lim” dasturlari uchun 2019 yilning 1 yanvaridan) boshlab arizalar topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish tartibi xamda boshqa to’liq ma’lumotlar bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin: www.ice.cam.ac.uk/intummer