Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning “Mashinasozlik ”fakultetida 2018/2019 o’quv yili uchun Koreya respublikasi Tegu universiteti bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha institutda ochilgan “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga tavsiya qilinganlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Yig’ilishda qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha Koreya respublikasi Tegu universiteti va Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda ochilgan 5A320313Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga tavsiya qilinganlarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi, qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha mas’ul J.Raxmatullaev yig’ilganlarga institut ichki tartib qoidalari, magistratura o’quv jarayoni jadvali va mutaxassislikda o’tiladigan fanlarni o’zlashtirish uchun kredit modul tizimi to’g’risida batafsil tushuntirish berildi. Yig’ilishda institutga qabul qilingan 9 nafar magistrdan 7 nafari ishtirok etdi.

Yig’ilish so’ngida J.Raxmatullaev va yig’ilganlarga qo’shma dastur o’quv jarayonini tashkil etish va nazoratini olib borish bo’yicha aniq topshiriqlar va ko’rsatmalar berildi.