Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Dunyoda mexrning, qadriyatning umri boqiydir

Andijon mashinasozlik institutining bir qator faollari (institut xotin qizlar qo’mitasi raisi Ra’noxon Yusupova, institut olima ayollar uyushmasi raisi Mavludaxon Umarova, 2- kurs talabasi No’monova Fazliya) 7-noyar kuni Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog’ida ular “Muruvvat” uyi raxbari Xurshidaxon Abduvalievna bilan suxbatlashdilar. Suxbat chog’ida “Muruvvat” uyida yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Suxbat so’ngida internat uyida istiqomat qilayotgan bolalarning yashash tarzlari bilan tanishdilar. Bolalar internat uyida asosan 4-yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’g’il qizlar tarbiyalanishar ekan. Ularga 100 dan ortiq tarbiyachilar xizmat ko’rsatishar ekanlar.

Tarbiyalanuvchi – nogiron bolalarning aksariyat qismi mustaqil harakat qilish imkoniyatiga ega emaslar. Ularga beminnat xizmatda turgan tarbiyachilarning mehnatlarini ta’riflashga so’z ojizdir.