Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Kuni kecha Andijon mashinasozlik institutiga Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi xodimlari tashrif buyurishdi. Fursatdan foydalanib, elchixona jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi rahbari Djon Braunga bir qator savollar bilan murojaat qildik.

-Janob Djon Braun Andijonga xush kelibsiz!

-Avvalo yuksak darajadagi e’tibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Andijonga ikkinchi marotaba kelishim, shunga guvox bo’ldimki, shahringiz yildan yilga yanada chiroy ochib bormoqda. Shu jumladan, Andijon mashinasozlik institutidagi sharoitlar, professor-o’qituvchilar va talabalarning iliq munosabati uchun ham raxmat deb qolaman.

 

-Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad nimalardan iborat?

-Andijon mashinasozlik instituti bilan yaqindan tanishish, almashinuv va hamkorlik dasturlarini tanishtirish, AQSHdagi oliy ta’lim muassasalarida o’qish tartib qoidalari, professor-o’qituvchilar va talabalar bilan fikr almashishdan iborat. Bilishimcha Andijon mashinasozlik instituti bir qator xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o’rnatgan, xozirgina institutingiz rektori Salomov Uktam Rahimovich bilan shu masalada gaplashdik. Yaqin orada AQSHning nufuzli oliy tahlim muassasalari bilan institutingiz o’rtasida hamkorlik o’rnatilishi mumkin.

 

Talabalar Siz bilan ingliz tilida muloqot qilishganiga guvox bo’ldik…

-Quvonarli jihati shundaki, talabalar biz bilan ingliz tilida erkin muloqot qilishmoqda. E’tiborli tomoni biz tomonimizdan berilgan savollarga talabalar ingliz tilida javob qaytarishdi. Meni bir xolat xursand qildi, yosh shijoatli talabalarning ko’zlari yonib turibdi, ularning bilim olishga intilishi, horijiy tillarda erkin gapirishi to’g’risi barchamizni birdek xursand qildi.

Xayrullo VASIEV suxbatlashdi

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi