Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ilm yo’lida izlanuvchilarning – mexrli tashrifi

      Andijon mashinasozlik instituti Olima ayollar uyushmasi raisi dotsent Mavludaxon Umarova Mashinasozlik texnologiyasi fakul’teti, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik  ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish yo’nalishi 2 – bosqich, 230-17 gurux talabasi No’monova Fazliya Avazbek qizi bilan birgalikda Andijon Viloyati Chuama “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ustoz va shogird birgalikda “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyida istiqomat qilayotgan ayollarning yashash tarzlari, sharoitlari, ularga ko’rsatilayotgan beminnat yordamlar, tashkil etilgan turli to’garaklar hamda, maxsus psixologik va pedogogik yordam ko’rsatish, xayotiy ko’nikmalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Hozirgi kunda  No’monova Fazliya nogironlik aravachalariga o’zgartirish kiritish bo’yicha ilmiy izlanish olib bormoqda.