Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Karimov Fondi O’zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o’rtasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha yevropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobil yo’llari, ko’priklar, tonnellar, yo’l o’tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

Tanlovda ingliz, nemis yoki frantsuz tillarini a’lo darajada bilgan, O’zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so’nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O’zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi:

https://goo.gl/forms/vNSA6KLY2JDOA86h1

(ro’yxatdan o’tish uchun ko’rsatilgan havola 2018 yil 5 noyabrdan 24 noyabrgacha amalda bo’ladi)

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  • Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
  • tanlov ishtirokchisining shaxsiy anketasi;
  • tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «CHet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo’yicha tahsil olish uchun Karimov fondi grantini olish bo’yicha o’tkaziladigan  III-tanlov Nizomi» Ko’chirmasi;
  • oliy ta’lim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to’g’risidagi Tavsiyanoma yoki oliy ta’lim muassasasidan oxirgi bosqichda muvaffaqiyatli tahsil olayotganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
  • pasport rangli nusxasi;
  • oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to’g’risidagi Diplom nusxasi.

Tanlov to’g’risidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bag’ishlangan maxsus telegram-kanalda havola etilgan: https://t.me/GrantFondKarimov

Diqqat!!!

Hujjatlar topshirish muddati cheklangan – 2018 yil 5 noyabrdan – 24 noyabrgacha.

Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:

+99871 2373420, +99871 2373813

e-mail: info@fondkarimov.uz

Ko’p beriladigan savollarga javoblar

*Karimov Fondi ta’lim grantlari haqida

Karimov Fondi 2016 yil oktyabrda Lola Karimova-Tillyaeva va Tatyana Karimova tomonidan Mustaqil O’zbekiston asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag’ishlab ta’sis etilgan. Xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.

So’nggi 2 yil mobaynida 22 nafar o’zbekistonlik yigit va qizlar Karimov Fondining ta’lim grantlari orqali Germaniya, Italiya, CHexiya, Rossiya va Polshaning peshqadam oliygohlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.