Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov  institutga birinchi marta 2018/2019 o’quv yili qabuli uchun 5 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha sirtqi ta’lim shakliga 175 ta qabul kvotasi ajratilganligini, ularga 1003 hujjat topshirilib, 16-20 avgust oraligida kirish test sinovlari bo’lganligini va yig’ilganlarni mazkur test sinovlaridan o’tganligini aytib,  Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bo’yicha “Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limini tashkil etish tartibi to’g’risida NIZOM” qoidalarini  tanishtirib o’tdi.

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov institut ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, ishchi o’quv rejalar, fan dasturlari va boshqa  me’yorlar haqida to’xtalib o’tdi.

Sirtqi bo’lim uchun mas’ul etib tayinlangan U.Xolmatov tomonidan sirtqi bo’limga kirgan talabalar uchun ish joylariga berish uchun chaqiruv xati va o’qishgan kirganligi xaqida ma’lumotnomalar tayyorlanib tarqatildi.