Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 736-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 16-bandida talabalar o’rtasida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish maqsadida diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan 2018-yil  3-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida “Diniy bag’rikenglik – millatimizga xos fazilat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.      

Tadbirda Andijon shahridagi “Holiqberdiota” masjidi imom hatibi U.Nazirov, institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori v.v.b. M.Xaliqova, Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassis O.Jabborov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov va 214 nafar talabalar va 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori v.v.b. M.Xaliqova olib bordi va o’z so’zida inson dini, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqqa ega ekanligi haqida so’z yuritdi.

Uchrashuv davomida “Holiqberdiota” masjidi imom hatibi U.Nazirov tadbir qatnashchilariga islom dinining asl mohiyati, dinimizda bag’rikenglik, millatlararo totuvlik xususida tushuncha berish bilan birgalikda islom dini azal-azaldan bag’rikenglikda, totuvlikda boshqa din vakillariga chinakam o’rnak ko’rsatib kelayotganligi to’g’risida gapirdi.

Yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik asosida 120 dan ortiq millat vakillarining bir oila bo’lib bahamjihat yashab kelayotganidan ham ko’rish mumkin ekanligi haqida aytib o’tdi.

Shuningdek, yig’ilish davomida U.Nazirov talabalarga bilim olish odobi, ustozlarga yuksak ehtirom ko’rsatish, ota-onaga bo’lgan hurmat, Vatanga bo’lgan muhabbat, kiyinish odobi hamda vaqt qadri borasida ҳam tushunchalar berib o’tdi.

 

Uchrashuv so’ngida talabalar tadbir ishtirokchisi “Xoliqberdiota” masjidi imom xatibi U.Nazirovdan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javoblar oldilar.

Qizg’in suhbatdan so’ng, institutning yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori v.v.b. M.Xaliqova tadbir qatnashchilariga minnatdorlik bildirib, bu kabi tadbirlarni muntazam o’tkazib borish foydadan holi bo’lmasligini ta’kidladi.

O’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir Andijon viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.


 

 

Odilov Otabek

Institut axborot va matbuot xizmati xodimi