Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 2 noyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida “O’zavtosanoat” AK va “GM-Uzbekistan” AJ mutaxassislari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Yig’ilishda “O’zavtosanoat” AK “Mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish” bo’lim boshlig’i Alimov SHavkatbek, “GM-Uzbekistan” AJ “Muhandislik mahsulotlari va ta’minotchilar sifati” Direktsiyasi direktori Abdurahmonov Dilshodbek, “Muhandislik mahsulotlari va ta’minotchilar sifati” Direktsiyasi direktor o’rinbosari Mamashakirov Akmaljon hamda “Muhandislik mahsulotlari va ta’minotchilar sifati” Direktsiyasi sektsiya  boshlig’i Usmonov Faxridinlar qatnashdilar.

 ”Yig’ilishni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov ochib berdi.

“O’zavtosanoat” AK “Mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish” bo’lim boshlig’i Alimov SHavkatbek yig’ilish qatnashchilariga O’zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish istiqbollari haqida taqdimot qilib berdi. So’ng har bir bitiruvchi talabalar bilan iqtidorini aniqlash bo’yicha individual suhbatlar o’tkazildi.

Yig’ilishda 100 nafaradan iborat bitiruvchi talabalar qatnashdi.