Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 25 oktyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida “GM-UZBEKISTAN” AJ korxonasi mutaxassislari bilan uchrashuv o’tkazildi. Yig’ilishni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov ochib «Ta’lim-fan-ishlab chiqarish» integratsiyasini ta’minlash borasida institutda qator ishlar amalga oshirilayotganini aytib, shunday faoliyatlardan biri bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida ishlab chiqarish korxonalarining institutga kelib bitiruvchilar bilan uchrashuvlar o’tkazayotganligini aytdi. “GM-UZBEKISTAN” AJ korxonasidan “Muhandislik mahsulotlari va ta’minot sifati” direktsiyasi direktor o’rinbosari Akmaljon Mamasharipov, seksiya boshliqlari Faxriddin Usmonov va Ravshan Yunusovlar ishtirok etib, har bir bitiruvchi iqtidorli talabalar bilan individual suhbatlar o’tkazdi. Yig’ilishda 29 nafardan ortiq bitiruvchi iqtidorli talabalar qatnashdi.