Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    

Rashidova Ibodatxon Baxodirovna 1948 yilda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ziyoli oilada dunyoga keldi. 1969 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini imtiyozli tamomladi. 1969-1989 yillar davomida Andijon Davlat pedagogika institutida ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishladi. 1996-2004 yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi gimnaziya direktori, akademik litsey direktor o’rinbosari lavozimlarida ishladi. 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktor o’rinbosari lavozimida ishladi. 2007 yildan shu kungacha Andijon mashinasozlik instituti «Xorijiy tillar» kafedrasining katta o’qituvchisi va institut I bo’lim bosh mutaxassisi lavozimida sidqidildan ishlab kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Rashidova Ibodatxon opa beqiyos mehr egasi, 6ta o’g’il farzand va kelinlarning Onasi, 18 nafar nabiraning buvisi, institut jamoasining jondan sevgan kasbdoshi va Onasi desak mubolag’a bo’lmaydi, albatta. Opa bir qancha shogirdlarning ustozi u bu yil tabarruk 70 yoshni qarshi oldi. Institut rektori va butun jamoa nomidan Ibodatxon opaga uzoq -umr, oilaviy tinchlik xotirjamlik, farzandlari va nabiralarining baxt va kamolini ko’rishini, doimo sog’ va salomat bo’lib yurishini tilab qolamiz.

 

Onangiz yonida bir zum o’tirib.

Mehrli ko’zlariga bir tuyib qarang

Dunyo ishlarini bir chetga surib.

Onasi xayotlar onangiz asrang.

 

Xayotdan ketganda qadri bilinar.

Tomoqqa xattoki suv ham ilinar.

Pushaymon bo’larsiz bag’ir tilinar

Onasi xayotlar Onangiz asrang.

 

Qalbini g’am alam qamrab olmasin.

Yo’lingizni kutib ko’zi tolmasin.

Keksaygan ko’nglida armon qolmasin

Onasi xayotlar onangiz asrang.

 

Onalar poyida bo’lsa gar jannat

Nima uchun onaga qilmaymiz xizmat.

Onadan ayrilmok eng og’ir qismat.

Onasi xayotlar onangiz asrang.

 

Biz uchun xikmatdir har aytgan so’zi.

Dunyoda mehribon Onaday zot bormi o’zi

Faqat quvonch bilan yoshlansin ko’zi.

ONASI XAYOTLAR ONANGIZ ASRANG.

 

Doim kulib yuring tabassum bilan.

Yashang doim baxtga oshyona.

Mehrdan poyizga to’shayman gilam.

Tug’ulgan kuningiz bilan onajon.