Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

                  

Yaponiyada magistratura va doktarantura bosqichlarida ta’lim olishni istaganlar uchun Yaponiyaning eng ilg’or 12 universitetlari ishtirokida “Japan Education Fair – 2018” Yaponiyaning ta’lim ko’rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko’rgazma shu yilning 5-noyabr kuni Toshkent shaxrining Xalqaro biznes markazida o’tkaziladi. Ko’rgazmada Yaponiyaning yetakchi 12 ta oliy o’quv yurtlarining 23 dan ortiq vakillari o’z universitetlarida haqida taqdimot o’tkazadi. Shuningdek Yaponiyada magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun grantlar (scholarships) haqida to’liq ma’lumotlar beriladi.

Ko’rgazmada qatnashuvchi Yaponiyaning nufuzli oliy o’quv yurtlari ro’yhati: 

  • NANZAN UNIVERSITY
  • RIKEN RESEARCH INSTITUTE
  • RITSUMEIKAN ASIA PACIFIC UNIVERSITY
  • TEIKYO UNIVERSITY
  • NAGOYA UNIVERSITY
  • INTERNATIONAL PACIFIC UNIVERSITY
  • JAPAN SOCIETY FOR THE PROMOTION OF SCIENCE BEIJING OFFICE
  • NAGOYA UNIVERSITY OF ECONOMICS
  • TOKYO METROPOLITAN UNIVERSITY
  • TOKYO UNIVERSITY OF AGRICULTURE AND TECHNOLOGY
  • UNIVERSITY OF TSUKUBA
  • WAKAYAMA UNIVERSITY

Sana: Noyabr 5, 2018 (Dushanba)
Vaqt: 10:00-17:00 (Ro’yxatga olish soat 9:30 da boshlanadi)
Manzil: “Semurg” konferensiyalar zali, Xalqaro Biznes Markazi 13-qavat

Qo’shimcha ma’lumotlar:

Andijon mashinasozlik instituti, Xalqaro aloqalar bo’limi 218-xona. Tel: +99874 235 12 64