Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

                            

Avval habar berganimizdek, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dosenti, fizika-matematika fanlari doktori L.O.Olimov hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi M.U.Qurbonovlar Polsha respublikasining Gdansk politexnika universitetida ERASMUS+ dasturi “Intras-intelektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasi doirasida o’tkazilayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

Ikkinchi kun tafsilotlarga ko’ra, seminar belgilangan dasturi asosida ish olib bordi. Kunning birinchi yarimida O’zbekistondagi hamkor Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan yo’nalishlar, o’quv rejalar va ularning dasturlari taxlil qilindi. So’ngra, guruhlarga bo’lingan holda, O’zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo’nalish “Intras-intelektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” boyicha fan va modular taxlil qilib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarimida loyiha doirasida o’quv dasturlarini yaratish, ularuchun zaruriy adabiyotlar, laboratoriya qurilmalarini O’zbekistonga olib kelish masalalari ko’rib chiqildi. Tanafus vaqtida Gdansk politexnika universitetidagi mexanik mayatnik qurilmasini ishlash prinsipi, institutda PhD dissertasiyalarini himoya qilish jarayonlari o’rganildi. Seminar yakunida Ozbekistonlik va Yevropalik hamkorlar o’rtasida o’zaro sovg’a salomlar almashinuvi o’tkazildi.

Kechga yaqin L.O.Olimov va M.U.Qurbonovlar Ozbekistonlik Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari bilan birgalikda ikkinchi jahon urushi davrida (1945 yil) Gdansk shahrining ozodligi uchun jang qilib vafot etgan, O’bekistonlik askarlari dafn qilingan qbristonni (Bratskiy magila) ziyorat qilishdi. Ularni hotirlab quron tilovat qilishdi. Ta’kidlash joizki, O’bekistonlik askarlardan iborat dviziyaga general Sobir Raximov qo’mondonlik qilgan. Ushbu qabristonda u ham askarlari bilan bir joyga dafn qilingan.