Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Avval habar berganimizdek, institutimizda ERASMUS+ dasturi “Intras-intelektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasi ish olib bormoqda.

Ushbu loyiha doirasida 29-31 oktyabr kunlariga rejalashtirilgan navbatdagi seminarda ishtirok etish uchun “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dosenti, fizika-matematika fanlari doktori L.O. Olimov hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi M.U. Qurbonovlar Polsha respublikasining Gdansk politexnika universitetiga jo’nab ketishdi. Ushbu universitet xalqaro reytingda yuqori o’rinlarda turadi. Jumladan, 2017 yili Polshadagi Oliy ta’lim muassasalarri o’rtasida 6 o’rinni, Yevropada esa, Texnologik universitetlarning eng yaxshi 50 talik tarkibiga kirgan.

Dastlabki tafsilotlarga ko’ra, L.O. Olimov va M.U. Kurbonovlar 28 oktyabr kuni Gdansk shahriga yetib borishdi. Seminarning birinchi kuni dastur asosida kutub olish ma’rosimi bilan boshlandi. Unda, Gdansk politexnika universiteti professori Krzystof Wilde seminar ishtirokchilariga Gdansk shahri hamda institut tarixini tanishtirdi. So’ngra, loyiha koordinator professor Joanna Zukowska seminar maqsadi va bajarilish lozim bo’lgan vazifalar haqida axborot berdi. Shuningdek, seminar ishtirokcjilari loyiha doirasida mazkur yilda bajarilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar berishdi. Kunning ikkinchi yarimida L.O. Olimov va M.U. Kurbonovlar Gdansk politexnika universiteti rektori professor Jacek Namiesnik bilan uchrashdi. Unda univeristet ilmiy salohiyati va o’quv jarayoni bilan tanishdi. Universitetning ilmiy va o’quv laboratoriyalari, ularda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishishga erishishdi.

Kechga yaqin 17 00 dan 19 00 gacha Gdansk Fan va texnologiyalar parkida bo’lishdi. Unda Gdansk shahidagi ilmiy tadqiqotlar, turli ishlab chiqarish korxonalarida olib borilayotgan izlanishlar, ularning Gdansk shahri rivojlanishidagi o’rni bilan tanishishdi.

Loyiha Polsha, Avstriya, Slovakiyaning ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, O‘zbekistondan 6 oliy o‘quv yurtlari va 4 ta noakademik korxonalar ishtirok etmoqda.