2018-yil 26-oktyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Vatan taraqqiyoti uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar bo’yicha bo’lim mudiri O.Turg’unova, Siyosiy ta’lim markazi mutaxassisi R.Abdurahimov va Nazariyotchi fizik olim B.Asqarovlar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Uchrashuvda taklif etilgan mutaxassislar tomonidan “Yangi avlod kadrlari” va “Sinergetika – yangi ilmiy metodologiya” mavzularida so’z yuritildi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar berdilar.
Tadbirda 10 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 200 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdilar.
Odilov Otabek
Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi