Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatanga bo’lgan muhabbatni yanada kamol toptirish, yoshlarda shijoat va fidoiylik tuyg’ularini shakllantirish maqsadida 2018-yil 29-oktyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida institut talaba-yoshlari o’rtasida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” mavzusida uchrashuv va davra suhbati o’tkazildi.

   Tadbirda Andijon viloyati, Andijon shahar 45605-sonli harbiy qism katta serjanti R.Temirov, kichik serjant A.Tillaboevlar ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasining mazmun-mohiyati va ularni amalga oshirish bo’yicha belgilangan vazifalar to’g’risida ma’ruzalar qildilar hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.

  Tadbirda institutning 200 dan ziyod talaba-yoshlari va 15 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi