Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ayol- ushbu so’z quloqqa chalingan dam o’z farzandini bag’riga bosib, suyib erkalayotgan onalar, ҳar daqiqada biz uchun borini berishga tayyor opa-singgillarimiz, erta tongdan o’qish yoki ishga shoshayotgan chog’imizda ortimizdan duo qilib qoluvchi buvilarimiz, hayotning shirin tashvishlaridan ortib xush so’zlar-u mehr bilan siylashga vaqt topa oladigan turmush o’rtog’imiz ko’z oldimizda gavdalanadi. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go’zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir”. Ana shunday go’zal ta’rifga munosib bo’lish uchun, jamiyatda faol, oilada esa aziz va mo’tabar inson sifatida ardoqlanish uchun  chuqur bilim va salohiyatga ega bo’lmoqlik kerak. Bu borada esa joylarda xotin-qizlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish va zarur ko’nikmalarni berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

     2018-yilning 25-oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakultetida Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “Saodatga eltuvchi dargoh” mavzusida institut professor-o’qituvchilar va talaba-qizlar bilan uchrashuv tadbiri o’tkazildi.

     Tadbirni Mashinasozlik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari R.S.Ataxanov ochib berdi va o’z so’zida bugungi kunda jamiyatimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor, ularning istak-xohishlaridan kelib chiqqan holda yaratilayotgan imkoniyatlar va buning natijasida erishilayotgan ijobiy natijalar ҳaqida so’z yuritdi. SHu bilan birgalikda hozirgi kunda yoshlar orasida kuzatilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari  Andijon mashinasozlik instituti talaba-qizlari orasida kuzatilmayotgani haqida gapirib o’tdi. 

     Shundan so’ng Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova institut xotin-qizlar tashkilotining talaba-qizlar bilan olib borayotgan faoliyati haqida nutq so’zladi.Talaba qizlar o’rtasida ularni huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy faolligini jadallashtirish orqali kelajakda oila va jamiyatdagi o’rnini topishlari uchun ko’mak beruvchi loyihalar va to’garaklar muntazam ravishda tashkil etilib borilayotgani to’g’risida ma’lumot berdi.

     Tadbir davomida institutning bir qator professor o’qituvchilari “Islomiy qadriyatlar va ayollar”, “Sog’lom ona-sog’lom avlod”, “Talaba-yoshlarni oilaviy tasavvurlarini o’stirishga doir psixologik maslahatlar”, “Dunyoni titratgan ayollar” mavzularda nutq so’zladilar. Talaba-qizlar ko’tarilgan mavzularni tinglash barobarida o’zlari uchun kerakli tushunchalar va bilimga ega bo’ldilar.Tadbir so’ngida talaba-qizlarning  salohiyatini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar muntazam ravishda o’tkazilib borilishiga kelishib olindi.

Vasiyev Xayrullo, Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimlari