Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamalakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida  o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi.

     Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida Andijon mashinasozlik institutida  2018-yilning 24-oktyabr kuni  Paxtaobod tumanining 21-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ekskursiya tashkil etildi.

     Ekskursiya O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov,  institutning Texnologik mashinalar va jihozlar yo’nalishi 1-bosqich magistranti I.Boynazarov hamda institut matbuot va axborot xizmati xodimi O.Odilovlardan tashkil topgan guruh tomonidan olib borildi.

    Shu kuni o’quvchilar institutdagi mavjud fakultet va yo’nalishlar haqida ma’lumotga ega bo’lish bilan birgalikda, talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishdilar.Institutning Axborot resurs markazi,Axborot texnologiyalar markazi, sport zali, faollar zali, o’quv xonalari , eng so’ngi turdagi laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan laborotoriya xonalari  o’quvchilarda katta taasurot uyg’otdi va aynan shu oliygohda tahsil olish istagi yanada oshganligini bildirishdi.

Otabek Odilov 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi