Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda mahorat darslari o’tkazilmoqda.

Shunday taddbirlardan biri kuni kecha Andijon viloyat Bojxona boshqarmasida ham o’tkazildi. Unda institutimizning “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Qiziqarli va savol-javob tarzida o’tkazilgan mahorat darsi “TIF TN. To’qimachilik materiallari” mavzusida tashkillashtirilgan bo’lib, Bojxona boshqarmasining bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash guruhi ishtirokida o’tkazildi.

Tadbir davomida bojxona vakillariga “MSMSM” kafedrasi mudiri M.Sattarov tomonidan to’qimachilik materiallarining tasniflanishi, tuzilishi va xossalari to’g’risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash guruhi mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga “MSMSM” kafedrasi mudiri M.Sattarov, assisient B.Turg’unovlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Muloqot davomida Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash guruhi boshlig’i, bojxona xizmati mayori Nodirbek Bakirov mahorat darslarini tez-tez o’tkazib turish soha xodimlarining faoliyatiga foyda bo’lishini aloxida ta’kidlab o’tdi.

Tadbir so’ngida bu turdagi mahorat darslarining muximligi ta’kidlab o’tildi va ularni muntazam ravishda tashkil etish kelishib olindi.

 

 

 

 

Vasiev Xayrullo, Odilov Otabek 

 Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimlari