O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O’zbekiston an’anaviy Ushu assotsatsiyasi, O’zbekiston Sharq yakka kurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda 2018 yilning 20-21 oktyabr kunlari sportning Ushu turi bo’yicha Farg’ona viloyatida “O’zbekiston respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni”ga bag’ishlangan Prezident kubogi musobaqasi o’tkazildi.Quvonarli jihati ushbu musobaqada Andijon mashinasozlik instituti “MSMSM” yo’nalishi 1- bosqich talabasi Mamadaliyev Abdulaziz ham ishtirok etdi.Musobaqada 20 yoshdan yuqori toifadagi 85 kg gacha bo’lgan jami 200 nafar sportchilar o’rtasida munosib kurash olib borib yakunda faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Otabek Odilov
Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi