Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    O’zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarlik profilaktikasi to’g’risidagi”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2833-son qarorlari ijrosini ta’minlash, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning huquqiy ong va ma’daniyatini yuksaltirish, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish profilaktik tadbirlari davomida  targ’ibot-tahviqot ishlarini yanada kengaytirish va tanlovlar jarayonida ijodkor, iqtidorli o’quvchilarni muntazam ravishda rag’batlantirib borish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 2018 yilning 22 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida “Biz jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi birlashamiz!” shiori ostida fakultetlararo “Yoshlar qasamyodi” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

    Ko’rik-tanlov Andijon viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Andijon mashinasozlik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, institut Xotin-qizlar Qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda institut Hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

     Ko’rik tanlovda “Mashinasozlik” fakultetining “Jasorat”, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining “Adolat” hamda “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining “Vatanga sodiq farzandlar”jamoalari jami 3 ta shart  asosida bellashdilar.Tanlovning barcha shartlarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari, jinoyat jazosiz qolmasligi tengdoshlarining bu noto’g’ri yo’ldan qaytarishga olib bormoqchi yoki olib borayotgan profilaktik targ’ibotlari, Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish borasidagi lavhalar aks ettirilgan videorolik, devoriy gazeta va sahna ko’rinishlar namoyish etildi.

    Tanlovda 200 nafar talabalar hamda 10 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.Shu bilan birgalikda  hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan hakamlar hay’ati jamoasi a’zolari, Andijon shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi Katta leytenanti Fazliddin Yuldashev, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi Farxodbek Otaxonov,  O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bosh mutaxassisi G’iyosiddin Mamadaliyev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon shahar Kengashi raisi o’rinbosari Kamalak bolalar tashkiloti raisi Xurshida O’rinboyeva hamda O’zLidep Andijon viloyat kengashi vakili Ilhomjon Boynazarovlar  tanlovni odilona baholab bordilar.

     Tanlov deyarli teng kurashlar ostida bo’lib o’tdi.3 ta shart davomida  jamoalar bugungi kunda jamiyatimiz va jahon miqyosidagi eng dolzarb mavzular, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik, firibgarlik, inson tana a’zolarini sotishga qo’l urgan qahramonlarning taqdiri aks etgan sahna ko’rinishlarni  tomoshabinlar e’tiboriga havola etdilar.

     Ko’rik-tanlov so’ngida 1-o’rinni “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining “Adolat” jamoasi qo’lga kiritgan bo’lsa, 2-o’rin “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining “Vatanga sodiq farzandlar” jamoasiga nasib qildi, “Mashinasozlik” fakultetining “Jasorat” jamoasi esa 3-o’ringa loyiq deb topildi va yakunda  g’oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi