Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov  tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil   10 oktyabrdagi Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 8 oktyabrda №3076 qayd raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) 20-2018-son buyrug’ini joriy etish to’g’risida”gi 850-sonli buyrug’i mazmuni tanishtirib o’tildi. 

Institut professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari” va uning ilovalari mazmun-mohiyati bilan institut professor-o’qituvchilarini tanishtirish chora-tadbirlari belgilandi va 2018/2019 o’quv yilidan mazkur qoidalar o’quv jarayonida qo’llanlishi topshirildi.

Mazkur qoidalarni institut saytiga joylashtirish bo’yicha Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i G’.Parpiyevga, e’lonlarni doskalarga ilib qo’yish hamda Qoidalar bo’yicha savollar yuzasidan aniq tushuncha va maslahatlar berish hamda institutda faoliyati olib borayotgan professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini mazkur qoidalar asosida 2018/2019 o’quv yilidan joriy etish vazifalari fakultet dekanlari, va  kafedra mudirlariga yuklatildi.

Yig’ilish so’ngida O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonovga, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupovalarga ham mazkur buyruqdan kelib chiqib konkret topshiriqlar berildi.

Yig’ilishda institut prorektorlari, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova, barcha dekanlar, dekanlarning o’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari,  qatnashdi.