Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     1989-yil 21-oktyabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.Bu sana haqida so’z ketganda qulog’imiz ostida oddiy bir bayram, yangi qonun joriy etligan sana sifatida jaranglashi mumkin. Aslida esa O’zbek tili- millatimiz g’ururi, iftixori, buyuk tariximizni asrlar davomida ro’yu-rost ifodalab bizgacha shonli tarixni asl holida yetib kelishi uchun zamin yaratgan boyligimizdir. Biz dunyoga kelgan ilk daqiqalardan boshlab mexr-u muhabbatga qorishib quloqlarimiz ostida jarang sochgan, betakror tilimizda yanada jozibali va sexrni o’zida mujassam etgan onalarimiz allasi yana qaysi millatda bor.Ona tilimizning uzoq tarixga ega ekanligi Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz bizga yozib qoldirgan oltinga teng asarlaridan ham ma’lum.Hozirgi kunda butun dunyo ahlini o’ziga rom etishga ulgurgan O’zbek tilini asrab avaylash, uni mana shunday go’zal holatda kelajak avlodga yetib borishini ta’minlash har birimizning burchimiz ekanligini aslo unutmasligimiz kerak.Ana shunday islohotlarning isboti o’laroq yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida jonajon ona tilimizga bag’ishlangan bayram tadbirlari keng miqyosda o’tkazilmoqda.

     2018 yilning 22-oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan “O’zbek tili millatimiz g’ururi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

     Tadbir avvalida institut “Ma’rifat va ma’naviyat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova so’zga chiqdi va tadbir ishtirokchilariga O’zbek tili boy tarixga ega ekanligi, insoniyat necha asrlar mobaynida fan, ta’lim, san’at sohasidagi yutuqlarga erishishining asosiy negizi bu til ekanligi, til ikki inson orasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan yoki aksincha ikki inson orasiga nizo urug’ini sochuvchi vosita bo’lib xizmat qilishi  undan faqatgina dunyoga yaxshilik urug’ini sochish maqsadida foydalanish xaqiqiy komil insonga xos fazilat ekanligi haqida gapirib o’tdi.

     

      Shundan so’ng institutning bir qator iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi taqdim qilindi.Dastur davomida ona tilimizni madh etuvchi sh’erlar, kuy va qo’shiqlar talabalar o’rtasida o’tkazilgan viktorina savollari tadbir ishtirokchilarini ona tilimizga bo’lgan muhabbatlarini yanada jo’shqinlantirdi.

      Tadbir so’ngida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga institut rektorining faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi