Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

 

     Shu kunlarda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridagi mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, tinchligimizga, yoshlarning ta’lim tarbiyasiga rahna soluvchi xavf-xatarlarga o’z vaqtida munosabat bildirish va fuqarolarda jamiyatda bo’layotgan voqea va hodisalarga daxldorlik hissini yanada oshirish maqsadida yozuvchi-shoirlar, ma’daniyat, san’at xodimlari, faol nuroniylar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat targ’ibotchilar guruhi shakllantirilib mahallalarda “Bir bo’l, O’zbekiston” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, hududlardagi maktablarning 5-11 sinf o’quvchilari bilan hafta davomida “Ilmdan boshqa najot yo’q” shiori ostida ochiq muloqotlar, yoshlar uchun turli tanlovlar,musobaqalar, ijodiy kechalar va ekskursiyalar tashkil etilmoqda.

     Uchrashuvlar davomida umumta’lim maktablarida oliy o’quv yurtlarining malakali pedagoglari ishtirokida ilg’or tajribalar asosida mahorat darslari o’tkazilmoqda va bu borada Andijon mashinasozlik instituti o’qituvchilari ham faollik ko’rsatmoqda.

     Xususan Andijon mashinasozlik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova boshchiligidagi o’qituvchilar guruhi belgilangan jadval asosida joylardagi ta’lim muassasalarida “Oila va hayot”, “Men sevgan kasb” mavzularida ochiq darslar va sportning bir qator turlari bo’yicha musobaqalar tashkillashtirmoqdalar.    

  

        

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi