Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, iqtidorlarini namoyon etishga imkoniyat yaratish, innovatsion loyihalarini amaliyotga hususan, ishlab chiqarish va biznes sohasiga keng joriy etish, ularni jamiyatda o’zlarining munosib o’rinlarini topishlari uchun ko’maklashish maqsadida Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Iqtidorli yoshlar” respublika forumi o’tkazildi.

     Forumda barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan ko’plab iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.Andijon viloyatidan jami 18 nafar talaba yoshlar forumga jalb etildi va shular qatorida Andijon mashinasozlik institutidan ham 4 nafar talaba ishtirok etdi.

     Forum davomida talabalarimiz o’z tengdoshlari bilan tajriba almashish barobarida o’zlarining eng sara loyihalari taqdimotini o’tkazdilar va bu forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

     Forum yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi