Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston va Rossiya ilmiy-tadqiqot sohasidagi o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida

             Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston va Rossiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan mamlakatimizda birinchi marotaba “ O’zbekiston – Rossiya ta’lim forumi ” o’tkaziladi.

 

 

 

           Forumda ikki davlat Prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

          O’zbekiston va Rossiya o’rtasida zamonaviy yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish mazkur forumning asosiy maqsadi.

        Birinchi marta tashkil etilayotgan “O’zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da O’zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqot asosida birgalikda muhokama qiladilar.

         Mazkur nufuzli anjumanda Rossiyaning yetakchi OTMlari bilan qo’shma dasturlar asosida talabalarni o’qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil etish, o’qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o’quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish uchun zamin yaratiladi.

         Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli OTMlari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo’shma loyihalarni amalga oshirish bo’yicha bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

         “O’zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” yakunlari bo’yicha:

– O’zbekistonda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish;

– akademik tayyorgarlik bo’yicha hamkorlikni kengaytirish;

– birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni o’tkazish;

–  ilmiy-tadqiqot bo’yicha loyihalarni amalga oshirish;

– qo’shma tadbirlarni o’tkazish;

– oliy ta’lim muassasalari o’rtasida axborot almashinuvini o’rnatish;

–  hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda. 

 

Manba: Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Axborot xizmati