Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       16-oktabr kuni Andijon mashinasozlik institutiga Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O’zbekistondagi ofis direktori janob Son Sung Il boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda institut prorektori Q.Ermatov, dotsent A.Ermatov va Innovatsion ta`lim texnologiyalari fakulteti dekani J.Rahmatillayevlar ishtirok etdi.

          Dastlab janob Il institut rahbariyatiga KOICA agentligidan institutimizga volontyor sifatida kelgan Yang Ji He xonimni tanishtirib o’tdi.

       Uchrashuvning asosiy qismida Andijon mashinasozlik instituti hamda KOICA ning ko’p qirrali hamkorlik masalalari, avvalgi va kelajakdagi istiqbolli rejalari haqida kelishib olindi. Bundan tashqari uchrashuv davomida institutimiz xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ta`lim sifatini oshirishga doir turli loyiha va dasturlarning taqdimoti bo’lib o’tdi. Janob Il taqdimot va dasturlarga yuqori baho berar ekan, ta`lim tizimini rivojlantirish sohasida qilinayotgan ishlar tahsinga sazovor ekanligini ta`kidlab o’tdi.

     Uchrashuv yakunida mehmonlarga milliy urf-odatlarimizga ko’ra sovg’alar ulashildi.