Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018 yil 10 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti katta zalida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov so’zga chiqdi va qatnashchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevichni tanishtirib o’tdi.

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich so’zga chiqib, Andijon mashinasozlik institutidagi doktorantlar bilan tanishib o’tdi hamda o’z tashrifining qisqacha mazmunini tushuntirib, so’z navbatini yig’ilish ishtirokchilariga berdi.

     Yig’ilish davomida Ahmadbek Yusupov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.