Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Shiddat  bilan rivojlanib borayotgan texnologiyalar asrida Islom dini niqobi ostida buzg’unchilik go’yalarini targ’ib qiluvchi turli xil guruhlar tomonidan, har qanday yo’l bilan inson onggini yot g’oyalar bilan to’ldirishning minglab usullari o’ylab topilgan.Ular o’sib kelayotgan yoshlar orasiga ularni qiziqtirgan barcha sohalar orqali yaqinlashishga urinishlari xech bir insonga sir emas.Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlar so’nggi yillarda bunday guruhlar uchun yoshlarni onggini zaharlarda qaysidir ma’noda qulaylik tug’dirmoqda.Shunday holatlarni kelib chiqishini oldini olish maqsadida Respublikamiz viloyatlaridagi korxona va tashkilotlarda,ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

     2018 yilning 16 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida “Tinchlik – eng oliy me’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik-davlat va jamiyatga taxdid” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

     Uchrashuvda “Xoliq Berdivoy” jome masjidi imom xatibi Ulug’bek Nazirov,Andijon shaxar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Alisher Xolmatov,Raxmonjon O’lmasov,viloyat Prokuraturasi bo’lim prokurori Bekzod Maxmudov,Institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Qobiljon Ermatov,Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’Ii Muxtaram Xoliqova hamda 200 nafar talaba va 20 ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

       Uchrashuv tadbirini Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova olib bordi.

   

Uchrashuvni o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov ochib berdi va   bugungi kun yoshlari din va uning asl mohiyati nimadan iborat ekanligi to’g’risida bilimga ega bo’lishi zarurligi, din niqobi ostida buzg’unchilik g’oyalarini olg’a surayotgan kimsalar harakati noto’g’ri ekanligi va buning uchun muqarrar jazo tayinlanganligi,bunday nopok yo’lning oxiri yomon oqibatlarga olib kelishi xususida anglab yetish kerak ekanligini aytib o’tdi.

     Shundan so’ng Andijon shaxar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ayni paytda dunyoning bir qator mamlakatlarida ro’y berayotgan xunrezliklar va buning oqibatida aziyat chekayotgan begunoh insonlar taqdiri aks ettirilgan   21-asr fitnasi nomli film namoyish etildi.

     Film namoyishidan so’ng Andijon shaxar ichki ishlar boshqarmasi xodimi Raxmonjon O’lmasov so’zga chiqdi va xozirda ijtimoiy tarmoqlardagi biz uchun,millatimiz uchun,umuman insoniyat uchun zararli bo’lgan  g’oyalarga targ’ib qiluvchi diniy mazmundagi materiallarning salbiy jozibasiga uchib keskinlikka qo’l urayotgan, jamiyat uchun xavf tug’dirayotgan va har xil ekstrimistik guruhlar ta’siriga tushib qolayotgan insonlarning ko’pi 18-30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ekanligi haqida so’z yuritish barobarida talabalarni har qadamda bunday kimsalar izmiga tushib qolmasliklari uchun ogoh bo’lish kerak ekanligini aytdi.

     Uchrashuv davomida so’z olgan “Xoliq Berdivoy” masjidi imom xatibi Ulug’bek Nazirov tadbir ishtirokchilariga Islom dinining tarixi, dinimiz faqatgina ezgu amallarni bajarishga undashi, o’zgani moliga va joniga qasd qilish u yoqda tursin, hatto mayda hashoratga ozor berishni qoralashi haqida so’z yuritdi.Nutqi davomida hozirda yurtboshimiz tomonidan olib borilgan bir qator islohotlar natijasida mamlakatimizda diniy ilmni egallash uchun,o’qib o’rganish uchun yaratilgan  shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

     Uchrashuv so’nggida so’z olgan viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori Bekzod Maxmudov diniy ekstrimizm va shunga o’xshash oqimlar ta’siriga tushib qolgan va oqibatda dunyoning bir qator notinch davlatlarida o’zlaricha “Islom davlatini” quramiz degan puch o’ylar bilan nopok yo’llarga kirib qon to’kayotgan shaxslarga qonunda belgilangan  jazo tayinlanganligi va har qanday noto’g’ri diniy ta’limotni targ’ib qiluvchi audio va video materiallarni eshitish va ko’rish qonunda belgilangan ma’muriy javobgarlikka sabab bo’lishi haqida gapirib o’tdi.

Uchrashuv so’nggida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha xodimlari tomonidan atroflicha javob oldilar.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi