Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“14 oktyabr – Xalqaro standartlashtirish kuni” munosabati bilan Andijon Sinov Sertifikatlashtirish Markazi Davlat korxonasining mashinasozlik va elektrotexnik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi majlislar zalida “Xalqaro standartlar va to’rtinchi sanoat inqilobi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Andijon mashinasozlik instituti professor- o’qituvchilari va talabalari, Andijon Sinov Sertifikatlashtirish Markazi Davlat korxonasi xodimlari hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalarining soha xodimlari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy seminarni Andijon Sinov Sertifikatlashtirish Markazi Davlat korxonasi direktori I.Qosimov ochib berar ekan, yurtimizda standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan yutuqlar, standartlarning ҳayotimizda tutgan o’rni va ahamiyati, ҳalqaro standartlarni joriy qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi.

Seminarda, 2017-2018 yillarda 922 ta xalqaro standartlar amaliyotga joriy etilganligi va buning natijasida xalqaro standartlarning soni 3 849 taga yetkazilganligi, jumladan, BMT Yevropa iqtisodiyot komissiyasining meva, sabzavot va quritilgan qishloq ҳo’jalik maҳsulotlariga tegishli 77 ta standartlari (shulardan, 24 tasi meva, 32 tasi sabzavot va poliz ekinlari, 21 tasi quritilgan mahsulotlar uchun), Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotining 24 ta “Kodeks alimentarius” standartlari qabul qilindi.Natijada amaldagi standartlarning xalqaro talablar bilan uyg’unlashganlik darajasi 13 % dan 17,6 %ga yetkazildiganligi ta’kidlandi (jami standartlar soni 21 888 ta).

Seminarda Andijon mashinasozlik instituti “Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” kafedrasi mudiri M.Sattarov ҳam so’z olib, xavfsiz va sifatli mahsulot ishlab chiqarishda standartlashtirishning o’rni, ҳalqaro standartlashtirish va to’rtinchi sanoat inqilobi, maxsulot ishlab chiqarishda standartlar va texnik reglamentlarni ahamiyati to’g’risida gapirib o’tdi.

Seminar davomida Andijon mashinasozlik instituti MSMSM yo’nalishi 2 kurs talabalarining “Mashinasozlik korxonalarida standartlashtirishning o’rni” mavzusidagi chiqishlari soҳa xodimlari tomonidan yuqori baxolandi.

Ilmiy-amaliy seminar yakunida yurtimizda standartlashtirish bo’yicha erishilyotgan yutuqlar, mahsulotlarni ҳalqaro talablarga moslashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bu borada yechimini kutayotgan muammolar bo’yicha o’zaro baxs munozaralar bo’lib o’tdi.

 

Hayrullo Vasiyev,Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimlari