Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berilganidek, Andijon mashinasozlik institutida Yaponiyaning «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi o’z faoliyatini rasman boshlagan edi. Kuni kecha 14-oktabr sanasida ilk marta institutimizda yapon tilidan test imtihoni bo’lib o’tdi. Imtihon jarayonida «NAT-TEST»ning Yaponiyadagi bosh ofisi direktori janob Kamata Satoshi ishtirok etdi.

     Dastlab janob Satoshi imtihon bo’lib o’tadigan auditoriyalardagi jihozlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

     14-oktabr, yakshanba kuni tongidan dastlabki sinov uchun talabgorlar tayyorlangan auditoriyalarga nazorat bilan joylashtirildi.

 Janob Kamata Satoshi imtihon jarayonini boshlab berar ekan, barcha imtihon topshiruvchilar va kuzatuvchilarga muvaffaqiyat tiladi.

 Janob Satoshi markaz korrdinatori, dotsent A. Ermatov bilan birgalikda jarayonni bevosita auditoriyalarda va kuzatuv kameralari orqali kuzatib turdilar.

– Yaponiyaning «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazining dunyo bo’ylab o’ndan ortiq davlatlarda yigirmaga yaqin shunday markazlari bor. Bilasizmi, ularning barchasidan ko’ra shaxsan menga eng ma’qul kelgani manshu – Andijonda, xususan Andijon mashinasozlik institutida ochilgani bo’ldi. Men mazkur shart-sharoitlarni dunyodagi barcha markazlarimizga namuna sifatida qo’llashga harakat qilaman, – deydi K. Satoshi

     Kamata Satoshi imtihon jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda ko’rilgan tayyorgarliklarni yuqori baholar ekan, barchasi uchun institut rahbariyati va «NAT-TEST» markazi koordinatori A.Ermatovga  o’z minnatdorchiligini bildirdi.

«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi