Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ushbu loyiha ERASMUS+ dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasining seminarlar tashkil etilmoqda. Seminar doirasida loyiha qatnashchilari haqida ma’lumotlar almashinildi, yevropa universitetlari tajribalari o‘rganilib, bu sohada O‘zbekistondagi holat yuzasidan dastur koordinatorlari va dasturning bajaruvchi oliy ta’lim muassasalari ma’lumot beradilar. Loyihaning maqsadiga erishish uchun vazifalar belgilab olindi, ularni bajarish muddatlari, qo‘yiladigan talablar yuzasidan guruhlarga bo‘lingan holda muzokoralar o‘tkazildi. Asosiy maqsad esa: ITT yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratishdan iborat bo‘lib, bu yangi avlod muhandislari O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari, sanoat va xususiy iste’molning mahalliy va mintaqaviy transport muammolarini yechishga qodir bo‘lishadi.

Loyiha Polsha, Avstriya, Slovakiyaning ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, O‘zbekistondan 6 oliy o‘quv yurtlari va 4 ta noakademik korxonalar ishtirok etmoqda (Loyixa koordinatori: Gdansk texnologiya universiteti (Maciej Sawicki). Shu sharaf bilan ta’kidlash joizki ushun loyihada Andijon mashinasozlik instituti ham bevosita ishtirok etmoqda.

Loyihaning asosiy vazifalari:

  • Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining ITT bo‘yicha potensialini oshirish.
  • O‘zbekistonning 6 ta oliy o‘quv yurtlari AKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish.
  • Ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:

  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish;
  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar o‘quv majmuasini ishlab chiqish;
  • ITT sohasida tajribalar o‘tkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 6 ta o‘quv-tajriba laboratoriyalarini ochish.

Seminarda Gdansk Texnologiyalar universitetidan – Maciej Sawicki (loyiha menejeri), Kustra Wojciech Wirold, Sawicki Naciej Szymon, Tomasz Mackun, Alpen–Adria Klagenfurt universitetidan – Kyamakya Kyandoghere, Wojciech Kustra, SlovakiyaningZilina universitetidan Miroslava Mikusova hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan 40 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Shular qatorida Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Seminarda ular tomonidan Andijon viloyati hususan, Andijon mashinasozlik instituti haqida ma’lumot berildi. Hozirda loyiha ishtirokcilari Andijon mashinasozlik institutida olib borilgan va rejalashtirilga ishlar bo’yicha seminarda ishtirok etish uchun tayorgarlik ko’rmoqda.

2018 yilning 28-30 oktabr kunlari loyihaning navbatdagi seminar yig’ilishi Gdansk Texnologiyalar universitetida o’tkaziladi.