Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Dissertatsiya ishi yuqori saviyada bajarilgan bo’lib, dolzarbligi va zarurati, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy axamiyati, olingan natijalarning ishonchliligi va joriy etilishi, tuzilishi hamda e’lon qilingan ilmiy ishlari bo’yicha O’zR OAK ning texnika fanlari doktori bo’yicha (DSc) ilmiy darajasini olishga qo’yilgan talablariga mos keladi va talabgor Qodirbekova Qutpinisa Karimovna 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (materialshunoslik va metallurgiya yo’nalishlari) ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasini olishga loyiq deb, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Fan va taraqqiyot» davlat unitar korxonasi ilmiy darajalar beruvchi DSc 27.06.2017.K/T.03.01 raqamli Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etiladi.

Dissertatsiya ishiga taqriz va avtoreferat Andijon mashinasozlik institutining ilmiy kengashida muxokama etildi.