Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 10 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida  ingliz tilida  debat o’tkazildi.

Shu kuni Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan tashkil topgan Debators Union jamoasi Qo’qon Intelekt o’quv markazi o’quvchilaridan

tashkil topgan Intelekt jamoasi bilan ingliz tilida do’stona baxs olib bordilar.

 

 

     

Baxslashuvni institutning xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati jamoasi odilona kuzatib uchun 3 ta mavzu tanlab olindi va shu mavzulardan har bir jamoa bittadan mavzuni chiqarib yuborish usuli bilan asosiy baxs mavzusini tanlab olindi.

Baxslashuv mavzusi bugungi kunda jamiyatimizdagi eng muammoli mavzulardan biriga aylanib borayotgan Yoshlarning mobil aloqa vositalaridan foydalanishi to’g’risida mavzusi bo’ldi.

Debat davomida Debators Union jamoasi mavzuga oid salbiy oqibatlar haqida so’z yuritgan bo’lsa, Intelekt jamoasi yoshlarni mobil aloqa vositalaridan foydalanishining afzallik tomonlarini ko’rsatib berishga harakat qildilar.

Baxslashuv davomida  tomoshabinlar tomonidan mavzuda oid berilgan savollar debatni yanada qizg’in o’tishiga zamin yaratdi.

Yakunda fikrlar qarama-qarshiligi teng keldi va do’stlik g’alaba qozondi.Baxslashuv so’ngida  ishtirokchilar estalik sovg’alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar va o’zaro muntazam ravishda shunday baxslashuv kechalarini  o’tkazishga kelishib oldilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi