Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil   29 sentyabrdagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda №3069 qayd raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) 19­-2018-son buyrug’i joriy etish to’g’risida”gi 820-sonli buyrug’ini yig’ilish qatnashchilariga tanishtirib o’tildi. YA’ni bunda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizom bo’yicha 2018-2019 o’quv yilida, shuningdek keyingi o’quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash tizimi 5 baholik tizimga o’tish, semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo’lgan fanlar bo’yicha oraliq nazorat turi o’tkazilmasligi, YAkuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi borasidagi masalalari bo’yicha to’xtalib o’tildi.

Yig’ilish so’ngida O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova, Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i G’.Parpiyev, fakultet dekanlari, va  kafedra mudirlariga konkret topshiriqlar berildi.

Yig’ilishda O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i G’.Parpiyev, fakultet dekanlari, va  kafedra mudirlari qatnashdilar.