Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Ilm-fan kundan kunga taraqqiy topib borayotgan ayni davrda insoniyat nafaqat o’z tajribasi va salohiyatiga tayangan xolda izlanishlar olib borishi, balki dunyoning turli mamalakatlarida shu soxada olib borilayotgan ishlarni kuzatib borishi va o’zaro tajriba almashishi samarali natijalarga erishishga zamin yaratadi.

      Andijon mashinasozlik instituti xorijiy davlatlar oliygohlari bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqda.Dastavval Janubiy Koreyaning Dayegu Katolik universiteti bilan qo’shma diplom loyihasi imzolangan bo’lsa, ko’p o’tmay institut qoshida Yaponiyaning NAT-TEST Yapon tilidan test imtihonlarini topshirish markazi o’z ish faoliyatini boshlagan edi.

     2018 yilning 6 oktyabr kuni yana bir xorijiy mamlakat oliygohi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.Bu safar Andijon mashinasozlik institutiga Hindistonning  Sharda universiteti prezidenti Pradeep Kumar Gupta boshchligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

       Mehmonlar institut rektori U.R.Salomov boshchiligidagi professor o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar tomonidan milliy an’analarimizga mos xolda tantanavor ravishda kutib olindi va bu mehmonlarda iliq taasurot uyg’otdi.

 

     Uchrashuv avvalida mehmonlarga  institutning moddiy texnik bazasi,talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar,eng so’ngi turdagi zamonaviy laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan xonalar,bir qator xorijiy davlatlar oliygohlari bilan tuzilgan shartnomalar va shular asosida amalga oshirilgan ishlar xaqida atroflicha ma’lumot berildi

    Tashrif davomida Sharda Universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida muzokaralar olib borildi va yakunda o’zaro tajriba almashish,ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish,ilmiy loyihalarni tayyorlash bo’yicha Hamkorlik to’g’risidagi Memorandum va Andijon mashinasozlik instituti qoshida Sharda Universiteti filialini ochish yuzasidan kelishuvlar imzolandi.

Xorijiy davlatlar oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish davom etmoqda.

 

Hayrullo Vasiev, Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi