Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

  “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusidagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yechimini kutayotgan muammolar, innovatsion texnologiyalar, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, xayotiy faoliyat xavfsizligi kabi bir qator masalalar yuzasidan o’zaro baxs munoazaralar ham bo’lib o’tdi.    

 

     Anjumanda ta’kidlanganidek, shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnologiyalar asrida har daqiqada yangi innovatsion yangilikning guvoxi bo’lish odatiy xolga aylanib bormoqda. Yaratilayotgan yangi innovatsiyalar esa insoniyatning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishi ham xech birimizga sir emas. O’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ham yangi innovatsion g’oyalar va takliflar taqdimoti bo’lib o’tib. U anjumanni yuqori saviyada o’tishiga zamin yaratdi.

    Anjuman davomida Akademik S.Zaynobiddinov, professorlar R.X.Saidaxmedov, O.Sh.Xakimov, X.N.Zayniddinov, Yaponiyaning “Osaka City” Uniyersiteti professori Katsuxiro Nakamura va Janubiy Koreyaning Tegu Universiteti  professori Dujing Songlarning  fan va texnika taraqqiyoti yo’lidagi bir qator ilmiy maqolalari ham eshitildi. Taniqli olimlarning anjumanga tashrif buyurishi hamda ularning maslahat va ko’rsatmalari ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarga katta foyda bo’ldi deyish mumkin.

  Halqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida uni tashkil etishda faollik ko’rsatgan bir qator professor-o’qituvchilar va mexmonlarga estalik sovg’alari topshirildi.

 

 

 

 

VASIYEV Xayrullo – Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati mutaxassisi