Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Shveytsariyasi deya e’tirof etiladigan Xonobod shahrida davom etayotgan xalqaro ilmiy amaliy anjuman yuqori saviyada o’tmoqda.

     Kunning ikkinchi qismida anjuman “Zamonaviy ishlab chiqarishning texnologiyalari”, “Zamonaviy ishlab chiqarishda muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbaalari”, “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” va “Servis xizmatlari” kabi ilmiy yo’nalishlarda o’z ishini davom ettirdi.

     Anjuman davomida “Nanotizimlardagi kvant dinamika-sining tezlanishi”, “Ultramaydadonsimon materiallar olishning istiqbolli yo’nalishlari”, “Xalqaro ta’lim loyixalarini rivojlantirish strategiyasi”, “O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining xozirgi xolati va rivojlanish istiqbollari” va “Xalqaro birliklar sis-temasining barqaror rivojlanishi” kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi  va o’zaro fikr almashinildi.

 

VASIYEV Xayrullo – institut matbuot va axborot xizmati xodimi