Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek, bugun 3 oktyabr kuni Andijon Mashinasozlik instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi.

     Anjuman Xonobod shahridagi muxtasham va jahon standartlari asosida qurib bitkazigan, Xonobod sihatgohining Anjumanlar zalida bo’lib o’tmoqda.

     Anjuman Andijon viloyat hokimligi, “GM-Uzbekistan” AJ, Toshkent Turin politexnika universiteti bilan ham-korlikda tashkillashtirildi.

     Halqaro ilmiy amaliy anjumanda Respublikamizda ko’zga ko’ringan taniqli Akademik va professor-o’qituvchilar (Zaynobiddinov S, Sharipov K, Zayniddinov X, Xakimov O, Saidaxmedov R), Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Xitoy va Janubiy Koreya kabi bir qator davlatlarining taniqli olimlari, doktorantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqdalar.

     Anjumanni Andijon viloyat hokimi o’rinbosari Serobiddin Ismoilov ochib berar ekan, bugun yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar, ijobiy natijalar, ilm-fan sohasidagi innovatsion yangiliklar, buni natijasida erishilayotgan yutuqlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, o’tkazilayotgan halqaro ilmiy amaliy anjuman ham ilm-fan taraqqiyotiga o’z xissasini qo’shishini hamda mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va yuksalishida muhim omil bo’lib xizmat qilishini aytib o’tdi.

     Anjumanda Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov so’z olib, institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari, ayniqsa, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va  Janubiy Koreyaning Tegu universitetlari bilan qo’shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 2+2 modeli asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilganligiga alohida to’xtalib o’tdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini davom ettirmoqda.

Anjuman tavsilotlarini kuzatib boring.

 

VASIYEV Xayrullo – institut matbuot va axborot xizmati xodimi