Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Ustoz-butun boshli bir umrni shogirtlar hayoti farovonligi yo’lida sarf etguvchi ulug’ zot. Bilim berish bilan birgalikda qalbidagi bor mehrni o’z farzandidek aziz bo’lgan o’quvchilarga ulashuvchi sharafli kasb egasi.Xalqimiz orasida “Ustoz otang kabi ulug’”- degan hikmat bezijga aytilmagan.Darhxaqiqat ustozlar o’z otamiz kabi hayot yo’limizda uchraydigan to’siqlarni yenggib o’tishda yo’lboshchi,ko’makchi hisoblanadilar.Mana shunday xizmati beminnat,mehnati beqiyos ustozlarni har qadamda ardoqlash esa biz shogirtlar uchun ham qarz ham farzdir.Ana shunday ardoqni isboti sifatida bugun  Andijon mashinasozlik institutida 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan  bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

          Bayram tadbirini institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov ochib berdi.

Bayram tadbiri avvalida institutda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, yil davomida yuksak natijalarga erishgan bir qator ustoz va murabbiylar viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shundan so’ng  bayram tadbiri ishtirokchilariga institutning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi taqdim etildi.

Dasturni mashinasozlik texnologiyasi talabalari R.Tursunov hamda  M.Mamazulunovalar olib bordilar.

Bayram dasturi davomida mashinasozlik texnologiyasi fakulteti MTMICHJA yo’nalishi 3-bosqich talabasi Anvarjon Qosimov ijrosida yangragan qo’shiqlar dasturga yanada fayz bag’ishladi.

Shundan so’ng uztozlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklash uchun sahnaga “Vatanparvarlik ruhidagi qo’shiqlar” Respublika tanlovi g’olibi mashinasozlik texnologiyasi fakulteti HFX yo’nalishi talabasi Xurshidbek Fayzullayev taklif etildi va jonli ijroda qo’shiq kuylab ustoz va murabbiylarni bugun bayram bilan tabrikladi.

Dasturi davomida institutning bir qator iste’dodli talaba-qizlaridan tashkil topgan “Lola” talaba-qizlar teatri ilk bor o’z sahna ko’rinishlarini bayram ishtirokchilariga taqdim etdilar va bu barchaga birdek manzur bo’ldi.

Bayram dasturi so’nggida Respublika Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida muntazam o’tkazilib kelinayotgan Quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovida munosib ishtirok etib kelayotgan institut “Beklar” terma jamoasi bayram xazillari bilan barchaga a’lo kayfiyat ulashdilar.

Talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barcha ustozlarga birdek manzur bo’ldi va dasturdan so’ng bayramona kayfiyatda dars mashg’ulotlarini o’tkazish uchun auditoriyalarga oshiqdilar. 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi