Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Ayni shu kunlarda mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida yoshlar haftaligi doirasida yoshlar festivallari o’tkazilmoqda.Mana shunday festival tadbiri Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham o’tkazildi.

      Tadbirda Andijon mashinasozlik institutining bir qator iqtidorli talabalari tomonidan ishlangan texnik ishlanmalar ko’rgazmasi tashkil etildi va bu ko’rgazma maktab o’quvchilarini befarq qoldirmadi.

       Maktab o’quvchilariga festival davomida  talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi ham taqdim etildi dastur tadbir ishtirokchilarida iliq taasurot uyg’otdi.

       Tadbirni maktab direktori M.Nazarov ochib berdi va maktab o’quvchilarini bugungi bayram bilan muborakbod etdi.

      Bayram dasturi judayam ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.Talabalar tomonidan ijro etilgan jonli kuy va qo’shiqlar, bayram tabiklari, quvnoqlar va zukkolar institut terma jamoasining bayramona hazillari tadbir ishtirokchilarining kayfiyatiga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi