Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 may kunidagi PQ-2992-sonli «Ichki ishlar organlarining yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining 6-bandida haftaning har chorshanba kuni «Yong’inlar profilaktikasi kuni» deb belgilangani munosabati bilan joriy yilning 26 sentyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining 1-talabalar turar joyida «Yong’in profilaktika kuni» tadbiri doirasida yong’in o’chirish amaliy taktik mashqi o’tkazildi.

     Yong’in o’chirish amaliy taktik mashqida 32 nafar davlat yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari, Andijon shahar yong’in xavfsizligi bo’limida 2 ta asosiy va 2 ta maxsus yong’in o’chirish avtomobillari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialidan 1 ta, gaz va suvoqova idoralaridan 1 tadan avariya qutqaruv guruhlari, institut ma`muriyati vakillari, «Fuqaro muhofazasi» bo’limi, “Mashinasozlik texnalogiyasi” fakulteti talaba yoshlari bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.Ahmedov boshchiligida 500 nafardan ziyod talaba yoshlar va xizmatchilar ishtirok etdilar.