Avval xabar berilganidek, joriy yilning 22-sentabr kuni Andijon Mashinasozlik institutida Yaponiyaning «NAT-TEST» markazi hamda Andijon Mashinasozlik instituti hamkorligida tashkil etilgan «NAT-TEST yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi» o’z faoliyatini rasman boshladi.
Markazning tantanali ochilish marosimiga Yaponiyaning «NAT-TEST» markazi prezidenti janob Kamata Atsushi tashrif buyurib, markaz faoliyati va undagi sharoitlardan yaqindan tanishdi. Mehmon yaratilgan sharoitlarga yuksak baho berar ekan Andijon Mashinasozlik instituti bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini ta`kidlab o’tdi.
Andijon Mashinasozlik instituti rektori U.Salomov Yaponiyadagi «NAT-TEST» markazi prezidenti janob Kamata Atsushi bilan birgalikda tashkil etilgan markazni rasman ochib berdilar
Tomonlar tashkil etilgan markazning boshqaruv ofisida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar
Samimiy suhbat va tomonlarning tanishtiruv jarayoni
Institut rektori U.Salomov janob K.Atsushiga tashkil etilgan Markaz koordinatori dotsent A.Ermatovni tanishtirmoqda
Tomonlar istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qilish jarayonida
Yuksak martabali mehmonga test imtihonlari o’tkaziladigan auditoriyalar va mutimediya jihozlari hamda qulayliklar haqida batafsil ma`lumot berilmoqda
Mehmonlarga institut rektori U.Salomov o’zbekona urf-odatga ko’ra esdalik sovg’alarini topshirmoqda
Janob Kamata Atsushi Ommaviy axborot vositalariga intervyu bermoqda
O’zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti ekanligiga yana bir bor amin bo’ldim – deydi jurnalistlar bilan suhbatda Kamata Atsushi. Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida yagona bo’lgan bu Markazda, yapon tilidan test imtihonlarini topshirish uchun barcha sharoitlar mavjud ekanligiga guvoh bo’ldim. O’ylaymanki, har tomonlama qulay va samarali bo’lgan hamkorligimiz uzoq davom etadi. Markazni tashkil etishda tashabbus ko’rsatgan janob U.Salomov, Markaz koordinatori A.Ermatov va koordinator assistenti B.Nabiyevlarga o’zimning alohida, samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Yuqori darajadigi e`tibor uchun tashakkur!
«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi