Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 87-02-2552-sonli modemnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 24 sentyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Korruptsiya – milliy havfsizlikka tahdid” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Tadbirni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochdi va tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan tanishtirdi. SHundan so’ng so’zni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori N.Ikromovga berdi.

       Prorektor N.Ikromov o’z so’zida 2018-2019 o’quv yilining qishki semestri yakunida talabalar, guruh sardorlari, guruh yetakchilari orasida korruptsiyaga oid turli nohush holatlarni oldini olish, talabalarni darslarga muntazam qatnashishlarini samarali yo’lga qo’yishda fakultet dekanlari, dekani muovinlarini hamda guruh murabbiylarining mas’uliyatini yanada oshirish kerakligi xususida to’htalib o’tdi.

       Shuningdek, prorektor N.Ikromov, institut professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida korruptsiyaning oldini olish borasida tushuntirish va targ’ibot ishlarini keng yo’lga qo’yish, talabalar bilimlarini odilona baholash, talabalarga sun’iy to’siqlar qo’ymaslik to’g’risida gapirdi. O’z navbatida korruptsiyaning oldini olish maqsadida institutda tahsil olayotgan talabalar orasida muntazam ravishda dars mashg’ulotlariga qatnashmaydigan talabalarni aniqlab, ularning ota-onalari bilan aloqani yo’lga qo’yish kerakligi to’g’risida fakultet dekani muovinlariga ko’rsatmalar berdi.

       Yig’ilish davomida Andijon viloyat prokuraturasi bo’limi katta prokurori Sh.O’rishev so’z olib, “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida so’z yuritdi. Institutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan o’z bilimlarini o’qituvchilar tomonidan baholanishida noqonuniy hatti-harakatlar sodir etmasliklari xususida gapirib, respublikamizda huquqbuzarlik, jinoyatchiliklarni oldini olishga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmon hujjatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi.

      Sh.O’rishev talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatichiliklarni oldini olish borasida haftaning har payshanba kunligida ta’lim muassasalarida “Profilaktika darslari” tashkil etilayotganligi, ushbu dars mashg’ulotlarida viloyatda sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar asosida tayyorlangan tezislarda ko’tarilayotgan masalalardan har bir talaba-yoshlar xulosa chiqarishlari xususida to’htalib, sodir etilgan har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi to’g’risida gapirib o’tdi.

      Shuningdek, yig’ilishda institut talabalari “Iqtisodiyot” yo’nalishi 3-kurs talabasi R.Mo’ydinov, “TJICHAB” yo’nalishi 2-kurs talabasi T.Urinov, “TJICHAB” yo’nalishi 2-kurs talabasi N.Odilovlar tomonidan berilgan “Pora berganligi uchun va pora olganligi uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida qanday javobgarlik ko’zda tutuilganligi?”, “Ma’muriy jazo olgan fuqarolar sudlangan hisoblanadimi?” va “Andijon viloyati korruptsiyani sodir etilishi bo’yicha Respublikada nechchanchi o’rinda turadi?” kabi savollariga Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

      Yig’ilish so’nggida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, mamlakatimiz yoshlarini diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, korruptsiya va giyohvandlik illatlaridan asrashga doir chora-tadbirlar o’tkazilayotganligi haqida, viloyat va shahar IIB xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etilayotganligi, respublikamiz va viloyatimiz ommaviy axborot vositalari tomonidan turli mavzularda dasturlar efirga uzatilayotganligi hususida so’z yuritdi.

      Qizg’in suhbatdan so’ng, Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori N.Ikromov tadbir qatnashchilariga minnatdorlik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o’tkazish foydadan holi bo’lmasligini ta’kidladi.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi